Kunya so‘zi haqida

Assalomu alaykum! Kunya so‘zini tushuntirib bersanglar? Iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arab tilidagi Ab(ota), Ibn(o‘g‘il), Bint(qiz), Ax-uxt(aka yoki uka, opa yoki singil) kabi lafzlar bilan boshlangan atoqli otlar kunya deyiladi. Kunyada mubolag‘a ko‘proq e’tiborga olinib, haqiqiy o‘g‘li yoki haqiqiy otasi bo‘lishi ham shart emas. Masalan Abu Hurayra roziyallohu anhu mushukchaga o‘ta mehribon bo‘lganlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni Abu Hurayra ya’ni mushukchaning otasi deb kunyalaganlar. Bu bizdagi xalq farzandi kabiga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:26 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar