Shijoatli musulmon

Assalomu alaykum! Alhamdulillah Allohni tanib, biroz diniy ilmga ega bo‘ldim, ungacha biroz asabiyroq edim, arzimagan narsalarga birovlar bilan urushib ketar edim. Musulmon musulmon bilan urushib bittasi o‘lsa, o‘ldirgan ham o‘lgan ham jahannamda degan mazmundagi hadis mani juda qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Biror bir nojo‘yi gap so‘z bo‘lib birov bilan urushib, yuqoridagi hadisning hukmiga tushib qolishdan qo‘rqib odamlar bilan muloqotda haddan ziyod ehtiyotkor bo‘lib qoldim, o‘zimmi juda horlangan, bo‘shashgan, shijoatsiz his qivomman. Siyratdan Umar ibn Hattob ning Islomdan oldin ham, kegin ham shijoatli, qattiq qo‘l bo‘lganligini bildim lekin man ilmsizligim sabab bu sifatlani qaysi o‘rinda va kimga qo‘llashni bilmasdan bo‘shashgan musulmon kishi bo‘lib yurimman ! Savollar: 1-Qanday xolatda musulmon musulmon kishi bilan urishishi mumkin (shu savolimga chuqurroq javob berishingizni iltimos qilaman) ? 2-Kimgadur zulum qisam, zulum ko‘rgan odam mani o‘ldirib qo‘ysa, uyam jahannamga tushadimi yoki zulum ko‘rgani unga uzurmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shariatda hech qanday holatda mo‘minlar bir birlari bilan urishiga ruxsat berilmagan, urushga fitnaga sabab bo‘ladigan ishlarni man qilib harom qilib qo‘ygan va orada isloh qilish kechirimli bo‘lishni savobini katta ekanini aytib mo‘minlar bir tanadek jips bo‘lishlariga targ‘ib qilgan, oradagi tushunmovchiliklarni isloh qilish adolat bilan echishga buyurilgan.2). Hech qanday holatda ham zulmga ruxsat yo‘q. Bunday holatga tushishdan saqlaning. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar