Zam sura qilish kerakmi?

Assalomu alaykum! Shom namoziga kech qoldim va ikkinchi rakatdan jamoatga qo‘shilib o‘qidim. Namoz tugab imom o‘ng tarafga salom berganda men ham salom berib birinchi rakatni o‘qish uchun o‘rnimdan turdim. Shu payt Fotiha surasidan so‘ng zam sura o‘qish kerakmi yo‘qmi bilolmay ikkilanib qoldim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz turib ulgurmagan birinchi rak’atni o‘qisangiz zam sura qilasiz. Chunki shomning birinchi rak’atida zam sura qilinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar