Aptekadagi dorilardan zakot

Assalomu alaykum! Tijorat mollari zakoti xaqida yozilishicha, do‘kondagi mollar bir yil tursa undan keyin zakot chiqariladi deyilgan. Mening dorixonamda dorilar tez sotiladi, bir yil turmaydi. Unda qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Nisob egasi bo‘lganingizdan bir yil to‘lganda tijorat uchun olib qo‘yilgan barcha narsalaringzni hisoblab(jumladan dorilarni ham) qirqdan biridan zakot chiqarasiz. Dorilar bir yil turishi shart emas. Aossiysi nisob egasiga aylanganingizga bir yil to‘lishi kerak.  Vallohu a’lam!

3 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar