Ayolim bilan yashash yoki yashamaslikga xayronman

Assalomu alaykum! Ayolimning tili yomon xecham tiyib tura olmaydi, uylanibmanki qancha o‘rgatmayin foydasi yo‘q. Er bilan mu’omila qanday bo‘lishini ayting deb ota onasiga xam ko‘p aytim. Ular ham biz nima qilaylik bukurni go‘r to‘g‘irlaydi o‘g‘lim, siz sabrli bo‘ling deydi. Menda bo‘lsa azbaroi otam onam oldida, ko‘chada izza bo‘laverishdan uyatdaman. Ajrashay desam 2 o‘g‘lim bor, ularni juda yaxshi ko‘raman va etim qilishni xoxlamayman. Nimi qilsam to‘g‘ri bo‘lad?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayolni injiqliklariga sabr qilish ham qiyin ish, ham juda savobli ishdir. Hindistonda Mazhari Jon Jonon ismli katta valiyulloh zot o‘tganlar. U kishining shogirdlari Holid Kurdiy bo‘lib, u kishiga shogird bo‘lgan kishilardan biri “Ruhul Ma’oniy” tafsirini, yana bir shogirdlari mazhabimizda eng mo‘tabar fatvo kitobi bo‘lgan “Roddul muhtor” kitobini yozganlar. O‘sha Mazhari Jon Jonon rahmatullohi alayh haqlarida mashhur hikoya bor. U kishining ayoli juda qo‘pol, betamiyz, beodob bo‘lgan ekan. Shogirdlari shu ayolni taloq qilsangiz boshqa ayol olib berardik deganlarida, “Allohning huzurida nimaga erishgan bo‘lsam shu ayolni yomonliklariga sabr qilib erishganman” degan ekanlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:24 | Savol-javoblar | 143 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar