Zakotni hisoblash vaqti

Hazrat, bir imom domladan zakotni berish vaqti haqida bir gap eshitib qoldim. Bu gap kitoblardan őqiganimizga mosroq bőlmagani uchun sizdan sőrab kőrishga qaror qildim. Yani, misol uchun: meni pulim őtgan 2012-yili sentyabrda 6120000 sőm bőlib nisobga etdi. Endi, oradan bir yil őtib sentyabrda zakot chiqarishim kerak. Shu bir yil mobaynida ishlatimasdan yotgan 6120000 sőm pulimga yana 3000000 sőm qőshildi va 9120000 sőm bőldi. 2013-yilni zakotini őtgan yilgi nisob bőyicha yani 6120000 sőmdan chiqarar ekanman. Kelasi 2014-yilning zakotini esa bu yilgi 2013-yil hisobidan yani 9120000 sőmdan chiqarar ekanman. Shu gap tog‘rimi? Javob uchun oldindan tashakkur! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hammasini qo‘shib chiqarasiz. Bir yilda ziyoda bo‘lgan mablag‘ni o‘tgan yilgiga qo‘shasiz.

4 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 148 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar