Aniqlik kiritib bering

Assalamu alaykum! Hurmatli Shayx Xazratlari hozirgi kunda ko‘pchilikni boshini qotirayotgan masala haqida so‘ramoqchiman. To‘g‘rirog‘i aniqlik kiritishingizni so‘rayman. Bu turdagi savollarga bergan barcha javoblaringizni o‘qib chiqdim. 1. Plastik kartochkadagi ya’ni elektron pulni naqd pulga almashtirish uchun o‘sha terminal egasidan, misol uchun 100,000 so‘mlik mahsulot sotib olsam va o‘sha narsani o‘ziga naqd pulga 100,000 dan kamiga sotsam. Aytaylik 90,000 so‘mga. Shu yo‘l orqali naqd pulga ega bo‘lsam halol bo‘ladimi? Yana bir tarafi bu ishni o‘sha terminal egasi bilan oldindan kelishib olishga to‘g‘ri keladi. Bu joizmi? 2. Sotilayotgan molni plastik kartaga qimmatroqqa, naqd pulga arzonroqqa narx belgilab sotsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Bu ishni qilish joiz emas. Bu ish shariatda ribo olish uchun savdoni hiyla o‘rniga ishlatish hisoblanadi.2. Bo‘ladi.

3 May 2022, 21:28 | Savol-javoblar | 166 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar