Harom pulga kelgan er

Assalomu alaykum! 3 yillar oldin 8 sotix er sotib olganda dadam shuni yaqinda surishtirib so‘rab ko‘rsam qo‘limdagi pul etmagandi shunda qishloqdagi bir foiz (sudxo‘r)ga pul olganman dedi yani erni sotib olishda foizga olingan pullar ham berilgan. Shu holda shu erda istiqomat qilishimiz, nomozlarimizni o‘qishimiz mumkinmi? Qilayotgan ibodatlarimiz qabul bo‘ladimi? U erga ekin ekib topilgan pullar harom bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibodatlaringiz, yashashingiz va qilgan ekinlaringizni harom deyilmaydi. Lekin dadangiz og‘ir gunoh qilgan ekanlar. Tavba qilishlari shart. Olingan pullarni qaytarib bermagan bo‘lsangizlar, tezlatib aslini berib uzilinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar