Kitoblaringizga extiyoj

Xurmatli shayx xazratlari! Alloxdan siz va bizlarga uzining raxmati va magfiratini surayman! Xazrat, biz Ush dviloyatida yashaymiz. Biz taraflarga xam sizning kitoblaringiz utadi va sotiladi, lekin ancha kimmat narxlarda. Ba’zi kitoblaringiz aynan bizda tankisligi tufayli narxlarini juda kimmat kilib yuborishadi. Iltimosim shuki, iloji bulsa Ushgami, Jalolobodgami dukoningiz filialini ochsangizlar. Chunki Kirgizistonda sizning kitoblaringizga talab kundan kunga kuchaymokda. Ayniksa xozirgi paytda odamlar "kitob biznesi" dan keng foydalanishga urgangan. Sir emaski kitob sotish maksadida bid’at, yolgon va umuman foydasiz adabiyotlar kupaydi. Shularni e’tiborga olib, kaminaning iltimosini erda koldirmasalar! Oldindan raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha siz aytgan odamlar Alloh taolodan qo‘rqishlari kerak. Menga kelgan xabarlariga qaraganda ba’zi Alloh taolodan qo‘rqmagan haromxo‘rlar o‘zlari bizning kitoblarni o‘g‘rincha chop qilishmoqda ekanlar. Ular bilib qo‘ysinlar, qiyomatda javob berishlari bor. Imkoni bor odamlar do‘kon qilishsin. Biz yordam beramiz. Ammo biz boshqa davlatda do‘kon ochish imkoniga ega emasmiz.

4 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 159 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar