O‘yin yasash haromi?

Assalomu alaykum! Men Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Dasturiy Injiniring fakulteti 3-bosqich talabasiman. Hozirda dasturchi bo‘lib ishlamoqdaman. Savolim shundan iboratki o‘yin yasash gunohmi va agar gunoh bo‘lsa uning orqasidan topilgan pul haromi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘yin yasash mutloq harom deyish noto‘g‘ri. O‘yindan biror maqsad bo‘lishi kerak. Masalan odamlarni ilmini oshiradigan yoki miyani ish faoliyatini rivojlantiradigan yoki qaysidir ma’noda diniy yoki dunyoviy foyda keltiradigan bo‘lishi kerak. Din dushmanlari o‘z maqsadlariga erishish uchun qanchadan qancha o‘yinlar chiqarib farzandlarimizni xulqini buzishmoqda, miyasini zaharlashmoqda. Buni o‘rniga siz kabilar foydali narsalar chiqarib berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar