O‘tgan Kunlar O‘shiydan

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.Va ayzon lakum mag‘firotuhu va tiybu solavatuhu.Hurmatli ustoz! Avvalgi maktubimizga javob yozib bizni hushnud etdingiz. Sizga o‘zim va O‘shlik birodarlarimiz nomidan bir minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman, 2010 yilning 20-22 iyun kunlari Libiya Jamohiriyasining poytaxti Toroblus shahrida “DUNYo ISLOMIY XALQ RAHBARIYaTI” tashkilotida qilgan hizmatingizni Alloh ta’olo qabul qilsin. Katta rahmat. Ustoz maktublarning ko‘pligi bois navbat etishi uzoqligini inobatga olib, aybga buyurmasangiz barobariga bir-ikkita savol, iltmoslarimizni yozishni maqul ko‘rdim.1. Eshitishimcha BEShIK(mahd) bola uchun zarar ekan, ham qomati uchun, ham miyasi uchun. Shuningdek o‘zidan chiqqan najosatlarning hidida o‘ranib, dimlanib yotishida ham. Alloh rahmat qilgur, sahnadan turib ancha haqiqatlarni aytib ulgurgan qiziqchi Hojiboy Tojiboevning ham bir kontsertida bu haqda aytgani bor edi. Alloh rahmat qilsin u kishini. Ammo buni dalil deb bo‘lmaydi. Yana emishki beshikni Chingizxon Temuriylarga dushman o‘laroq fitna qilib yasattirgan ekan, sababi Temuriylar elkasi keng, jismonan baquvvat bo‘lgan ekan. Shu masalaga oydinlik kiritib bering iltimos.2. Ko‘p eshitganman, ozgina bilaman ham, Qora-suvlik Shayximiz Alouddin MANSUR va O‘shlik Shayximiz Shomuhammad ShOYuNUS ustozlarimiz bilan ham dars bo‘lgan emishsizlar. Avvalgi Ulamolarni hayotini kitoblardan o‘rganamiz, ammo faoliyatini guvohi bo‘lib turganimiz Ulamolarimizni yoshliklari, hayotlari bizni albatta qiziqtiradi, qiziqib hamki qiziqishim ichimga sig‘may ketmoqda. Bu haqda o‘zingizdan bilgim keldi.Ustoz, aslida sizga aytadigan, so‘raydigan masalalarimiz, maslahatlashadigan ishlar bisyor, bu erga hat yozsak hamma o‘qiy oladi, shaxsan o‘zingizga maktub yo‘llashni imkoni bormi? Bu savolim odatdan tashqari bo‘lsa javob bermasangiz ham mayli. Albatta duolaringizdan umidvor MuhammadBobur [email protected] O’shiy.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Beshik haqida hamma o‘zicha gapni aytaveradi. Siz uni yomonlabsiz. Ko‘pchilik maqtagan. Har kim xushiga tushaganini qilaveradi.2. Siz aytgan kishilar bilan birga dars o‘qimaganman.3. Men o‘zim haqimda gapirishni yoqtirmayman.

3 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar