Yomonlikdan qaytarish yoki chetlashish

Assalomu alaykum! Agarda inson o‘zi islomni ustunlari bo‘lgan namoz, ro‘za, zakot ibodatlarini vaqtida bajarib, ammo zalolatda yurgan musulmonlarni ichida ishlab ularni shu yo‘lidan qaytarmoqchi bo‘lib xarakat qilgani ma’qulmi yoki u insonlardan chetlashgani to‘g‘rimi? Bu dunyoda biron bir natija, yutuqqa erishmoqchi bo‘lsa farz ibodatlarni vaqtida bajarib, shu yo‘lida yursa bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri yo‘lga boshlashga harkat qilgani ma’qul. Tushunchalar to‘g‘ri, lekin bu kimnidir shunday qil deyishi bilan bo‘lib qoladigan ish emasda. Asta sekinlik bilan bo‘ladi. Siz ham noumid bo‘lmang, o‘zingiz kamolot topishga harkat qiling so‘ng yon atrofingizga tarqatishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Bu ummat nihoyat unumdor erga o‘xshaydi. Allohdan so‘rab mehnat qilinsa hech qachon zoe ketmaydi. Inson bola chaqa boqaman deb shariatga muvofiq ishlarni bajarsa u tinmay zikr qilganning savobini oladi. Zikr degani maxsus so‘z yoki duolarni o‘qishdan iborat emas, balki har holatida Allohni unutmaslikdir. Ya’ni qilayotgan ishini shariatga muvofiq bajarsa o‘sha ham zikr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar