Maxsi haqida

Assalomu alaykum! Toshkentda musofirman. Men tahorat olib ertalab mahsi kiygandim. Kechga mahsini echsam, bitta barmog‘im qonab, paypoq va mahsini ich tarafida qon izi qolibdi. Paypoqni 2-3 joyiga tekkan, ularni to‘plasa piyolani orqasichalik chiqmaydi. Ehtiyot shart 5-mahal namozlarimni boshqatdan o‘qishim kerakmi? 2. Mahsini ich tarafiga tekkan qon, piyolani orqasichalik chiqmaydi. Shu mahsiga masx tortishni davom ettirsam buladimi? 3. Ko‘ngil hotirjamligi uchun mahsini poklamoqchi edim. Siqib bo‘lmaydigan narsalarni yuvib suv tommaydigan holatga keltirish, shu holatni uch marta takrorlash kerak, deb shu saytda o‘qib qoldim. Mahsi ham xuddi shu tartibda poklanadimi? 4. Suv tommaydigan holat deyilganda quritish nazarda tutilganmi yoki yaxshilab siqish, silkitib suv oqmaydigan darajaga keltirish ko‘zda tutilganmi? 5. Mahsi 3 marta yuvilgandan keyin ham o‘sha joyda qon dog‘i qolsa zarari yo‘qmi? 6. Hufton namozini jamoat bilan uqigan edim. Hufton vaqti chiqmasdan qon chiqqanini bildim, huftonni qaytadan qasr qilib uqiymanmi? 7. Ertasi kuni habar topganimda ham hufton namozini qasr qilib uqirmidim? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Bo‘ladi, qon ketgunicha yuvasiz. Shu bilan pok bo‘ladi. 5). Zarari yo‘q. 6). Qasr qilib o‘qiysiz.  7). Ha. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:06 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar