Tsexda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Biz mebel tsexda uch do‘st ishlaymiz. Tabiyki ish joyimiz har doim chang va kir bo‘ladi, biz alhamdulillah besh vaqt namoz o‘qiymiz. Namoz o‘qish uchun ish joyimizda toza joy yo‘q, masjid esa uzoqda. Biz ish joyida namoz o‘qiyotganda kir kiyimda va tozamas joyda o‘qisak namozimiz durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Durust. Kiyim va namoz o‘qiyotgan o‘rningiz najosatdan pok bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 133 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar