Muqaddas kalomlar

Assalomu alaykum hurmatli Shayx xazratlari!Alloh yo‘lida Islomga qilgan va qilayotgan xizmatlaringiz uchun Alloh Sizdan rozi bo‘lsin. O‘tgan safar bitta postda 3ta savol berib yuboribman. Buning uchun Sizdan uzr so‘rayman.Inson junub xolatida Allohning ismini va Bismillah, Alxamdulillah, Astag‘firulloh kabi muqaddas so‘zlarni tiliga olish mumkin emas deb eshitganman. Inson junub holatida Allohning ismini yoki muqaddas so‘zlarni tilga olmasdan xayolidan o‘tkazsa bo‘ladimi? Misol uchun bir ishni qilishdan oldin Bismillah deb xayolidan o‘tkazsa.Islomga xizmatda sarflagan har bir soniyangiz uchun Allohim behisob ajru savoblar bersin Sizga, hurmatli Xazrat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Inson junub holatida Allohning ismini yoki muqaddas so‘zlarni tilga olmasdan xayolidan o‘tkazsa bo‘ladi.

3 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar