Bozordagi savdo va boshqa savollar

Assalomu alaykum! Bozorlarga kirsak qovun va mevalarni olamiz desak eb ko‘ring deb berishadi. Shunda eb ko‘rib olgan afzalmi yoki emasdan?
2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tongda va tunda aytib yurgan zikrlarini kril alifbosida yozib bersangizlar. Bizlar ham yodlab olib, hayotimizga tadbiq qilardik va yaqinlarimizga ham o‘rgatardik.
3). Ajam so‘zini manosi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ixtiyoringiz. 2). “Mo‘minning qo‘rg‘oni” kitobini oling. 3). AJAM. Lug‘atda «g‘ayri arab, arab bo‘lmagan» ma’nolarini anglatadi. Arablar Arabistondan tashqari barcha erlarni, xususan turkiy xalqlar, forslar va boshqa Sharq xalqlari yashagan erlar hamda ularning aholisini «Ajam» deb atashgan. Ko‘proq Eronning shimoliy-g‘arbiy qismi ham Ajam deyilgan, ba’zida bu istiloh Eron ma’nosida ham tushunilgan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar