Tuzini eb tuzlig‘iga tupirishmi?

Assalomu alaykum! Biz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz kelamiz, faoliyat boshlaganimizga 2 yilcha bo‘lib qoldi. Turli hil qiyinchiliklardan o‘tib mana hozirgi kunda barakali savdo qilib kelmoqdamiz. savolim shundayki bizda shu vaqt mobaynida ishlab kelgan 1-2 kishi holati yuzasidan. Ya’ni shu 1-2 kishi turli sabablar bilan bizda ishlay olmasligi va davlat tashkilotlarida ishlashini aytib biz bilan hayrlashdi. hammasi halol bo‘lganday go‘yo. ammo buning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi. ya’ni bu kishilar bizda mukammal ish o‘rganib ishlab chiqarish sir-sinoatlarini, bizdan sotub oluvchi haridorlar haqida barcha ma’lumotlarni bilib olib (klientskiy baza) boshqa bir korxonaga ishga kirgani ma’lum bo‘ldi va isbotlandi. ularning har biri 4-5 milliondan maosh olar edi. ular bizning oilaga shunchalar yaqin bo‘lib ketkanidan farzandlari betob bo‘lib qolganda barcha harajatlarni to‘lab uy joy bilan taminlab qo‘ygan edik Allohning rizoligi uchun ya’ni ular musofir edi. shu holat yuzasidan boshqa korxona rahbari va shu 2 kishi haqida nima deyish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : أَشْكَرُ النَّاسِ لِلَّهِ تَعَالَى أَشْكَرُهُمْ لِلنَّاسِ Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odamlarning Allohga eng ko‘p shukr qiluvchisi odamlarga shukr qiluvchirog‘idir” dedilar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَشْكُرُ اللهَ مَنْ لَا يَشْكُرِ النَّاسَ Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga tashakkur aytmagan kishi Allohga shukr qilmagan bo‘ladi», dedilar».
Sharh: 
Bu juda e’tiborga sazovor narsa. Demak, o‘ziga yaxshilik qilgan shaxsga rahmat aytib, o‘zining roziligini bildirmagan odam Alloh taologa ham shukr qilmaydigan bo‘ladi.
Shuning uchun bir odam bizga yaxshilik qilsa, unga albatta tashakkur aytib, mukofotlash kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar