Namoz o‘qishni boshlamoqchiman

Assalomu alaykum! Xozirda toshkentda chet el firmasida ishlayman. Ishim dushanbadan shanbagacha. Namoz o‘qishni boshlamoqchiman, 2 maxal namoz o‘qisam bo‘ladimi? Chunki ishxonamda imkoniyat bo‘lmaydi, shart-sharoit xam yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tezda namozni boshlang. Qazo qilmang, Imkon bo‘lganini o‘qing, qolganini qazosini bo‘lsa ham o‘qing. Ziyoli inson ekansiz, oxiratingizni barbod qilmang. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 179 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar