Ramazon uchun murojat

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, agar ruxsat bersangiz ayrim insonlarga murojat qilmoqchi edim. InshaAlloh ramazonga xammamizni etkazsin. Aziz musulmon dindoshim iltimos ramazonda, namoz o‘qimasa ro‘za qabul bo‘lmaydimi? Ro‘za unaqa bo‘ladimi bunaqa bo‘ladimi degan savollarni BAS QILING. Tushunadigan, anglaydigan vaqtiz keldi, bizlarni o‘qisin deb insonlar ko‘z nurin ketkazib kitoblar yozishgan, ko‘p puliz ketmaydi, agar ja o‘qiy olmasangiz shu kanaldan izlash xizmatiga yozing topasiz. O‘zizni yosh boladay tutmang, bilmagan narsangizni insonlarga o‘rgatmang avval o‘ziz tushinib anglab oling. Odamlar u dedi bu dedi deyishni bas qiling naxot o‘z shaxsiy fikriz bo‘lmasa?! Agar ro‘za tutmasangiz tutgan insonni mazax qilmang biz bundan aziyat chekyapmiz, ko‘z o‘ngimizda bizlarga ko‘rsatib narsa emang xech bo‘lmasa xurmat qiling ochlikka chidash ason emas tushining. Xech bo‘lmasa yilda bir oy nafsimiz bizlarga qul bo‘ladi shuni o‘ylang. Agar gaplarim og‘ir botsa kechiring ammo bu xaqiqat, oxiratda yuzimiz yorug‘ bo‘lsin. Etibor uchun raxmat Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rahmat sizga. 

12 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar