Shaxsiy kun tartib xakida

Assalomu alaykum va roxmatulloxi va barokatux, Xurmatli Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf xazratlari Sizni utib borayotgan raxmat bulib kelgan ramazon oyi bilan tabriklayman Allox subxana va taolo kilayotgan xayrli ishlaringizni barokatli kilsin, Uzi ishlaringizn oson kilsin, Bizlarni xam Allox Islom Diyni rivoji uchun xizmat kilishimizni nasib etsin Iloxim. Allox Barchalarimizni mubarok oyda kilayotgan ibodatlarimizni kabul kilsin. Xurmatli Shayx janoblari anchadan beri surayman deb yurgan savolim bor edi Ruxsatingiz bilan usha savolni bersam. Bizga malumki Sizning mualifligingizda yiliga kamida 1-2ta kitob nashr buladi, kuplab ovozli va video tasmalarda darslaringiz chikadi, savollar.islom.uz saytidagi savol javoblarga xam javob berasiz, xar-xil yigilishlarga xam borishga ulgurasiz, Xurmatli shayx xazratlari siz bir kuningizni kanday rejalashtrasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqalarga o‘xshab.

3 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar