O‘qilmagan namozga kafforat bormi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ikki kun oldin qaynonam vafot etdilar, yoshlari 56 da edi. Juda yaxshi inson edilar. Faqat namoz o‘qimay o‘tib ketdilar. Oxirgi yillari qattiq kasalliklarni boshdan kechirdilar. Endi merosxo‘rlar umr bo‘yi o‘qilmagan namozlarining kafforatini berishmoqchi. Savol: Kafforat bitta namozga qancha? Shu haqda ma’lumot bersangiz iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kimga namoz farz bo‘lsa-yu uni vaqtida ado etmasa, qazosini o‘qishi lozim bo‘ladi. U namozni qasddan tark qilish ila gunohkor bo‘ladi, ammo qazosini o‘qish lozimdir. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ نَسِيَ صَلَاةً فَلْيُصَلِّ إِذَا ذَكَرَهَا، لَا كَفَّارَةَ لَهَا إِلَّا ذَلِكَ وَأَقِمِ الصَّلَاةَ لِذِكْرِي. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَلِمُسْلِمٍ: إِذَا رَقَدَ أَحَدُكُمْ عَنِ الصَّلَاةِ أَوْ غَفَلَ عَنْهَا فَلْيُصَلِّهَا إِذَا ذَكَرَهَا، فَإِنَّ اللهَ يَقُولُ: وَأَقِمِ الصَّلَاةَ لِذِكْرِيAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim namozni unutsa, bas, uni eslagan zahoti o‘qib olsin. Uning bundan boshqa kafforoti yo‘qdir», dedilar». «...Meni zikr etish uchun namozni to‘kis ado et».Beshovlari rivoyat qilishgan.Muslimning rivoyatida:«Agar birortangiz namozdan uxlab yoki g‘ofil qolsa, bas, uni eslagan zahoti o‘qib olsin. Chunki Alloh: «...Meni zikr etish uchun namozni to‘kis ado et», degan», deyilgan. Unutgan va uxlab qolgan odam namozning qazosini o‘qishi lozim bo‘lganidan keyin, qasddan qoldirgan odamga uni qazo qilish, albatta, lozimu lobud bo‘ladi. Hayz yoki nifos ko‘rgan ayoldan namoz soqit bo‘ladi. U qazosini o‘qimaydi. Shuningdek, asli kofir yoki jinni bo‘lgan odam ham namozning qazosini o‘qimaydi. Besh vaqt namoz vaqtidan ko‘proq muddat hushidan ketib yotgan odam ham qazosini o‘qimaydi. Murtad yana Islomga qaytsa, murtadlik vaqtidagi namozni qazo qilmaydi. Hayotlik vaqtida imo bilan ham namoz o‘qishdan ojiz bo‘lgan odam kafforot berishni vasiyat qilishi lozim emas. Shuningdek, safar yoki xastalik tufayli ro‘za tuta olmagan odam tuzalmasdan yoki safardan qaytmasdan o‘lib qolsa ham, fidya berishni vasiyat qilishi shart emas. Ammo mazkur vasiyatni qilish mustahabdir. Kim uzrsiz, hatto imo bilan o‘qishga qodir bo‘la turib, olti namozdan ziyodni qoldirgan bo‘lsa, kafforot berishni vasiyat qilishi lozimdir. Ramazonda uzrsiz ro‘za tutmagan odam ham shunga o‘xshashdir. Ularning fidyasi va kafforoti qoldirgan merosining uchdan biridan beriladi. O‘lganning valiysi fidyani o‘z hisobidan bersa bo‘ladi. Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi. Kishi o‘zi hayotlik chog‘ida o‘qimagan namozining kafforotini to‘lashi mumkin emas. Ammo ro‘zanikini, uning qazosini bajarishga ko‘zi etmasa, beradi. Merosxo‘rlar o‘lgan shaxsning qazo namozlarini o‘qib qo‘yishi mumkin emas. Chunki namoz shaxsiy badaniy ibodatdir.
21 Aprel 2022, 09:55 | Savol-javoblar | 215 | Namoz