Qazo qadardanmi

Assalomu alaykum! Musulmon banda qazo va qadarga iymon keltirishi yani yaxshilik xam yomonlik ham Ollohdan deb bilishi kerak ekan.Bandani kimga uylanishi ham qazo va qadardan bo‘ladimi,yokiy ixtiyor xam berilganmi yaniy o‘zi xoxlaganiga uylana oladimi,gap shundakiy uylanishda istixora namoz o‘qib Xudodan tog‘ri yo‘l ko‘rsatishini xayrlisini berishini so‘rab duo qilardim,unashtirilgandan keyin to‘ygacha bo‘lgan vaqtda ham o‘qidim ko‘nglim bo‘lmay qiz yoqmay qoldi,yoqmayotganini kattalarga aytdim yaxshi bo‘ladi bunaqa xolat xamada bo‘ladi bo‘lishi tabiiy deb eribor berishmadi.Yaxshi bo‘ladi deb umid qildim.Bizni butun oilamizni nimadir shoshoshiltirardi (shayton shoshiltirdimi deb o‘ylayman gohida) xamma qandaydir uyqu xolatidamidi tushunmayman,lekin to‘yni to‘xtatishga kuch topolmadim ichimdagini aytib qattiq turib olishga qandaydir kuch to‘sqinlik qildi,o‘zim xoxlamagan xolatda qandaydir kuch meni to‘y bo‘lishiga undab bordi,jur’at qilolmadim,to‘xtatolmadim.Xozir xayotim yaxshimas ko‘ngil qo‘yolmayapman.Kattalarga bildirganimda ular beetibor bo‘lib shu sabab xatoga yo‘l qo‘ydikmi yokiy bu ish qazo va qadarda bo‘ganmiken yo o‘zimni xatoyim bo‘ldimi deb ko‘p o‘ylayman.Qazo va qadar xamma ishga bog‘langanmi yokiy inson boshqalarning sababidan adashib xato taqdirga yo‘l qo‘yadimi,majburlab uylantirishganiniyam ko‘rganman uyam qazo qadardanmi yokiy inson xatosimi.Shu savollarga javob topolmay qiynalaman.Ko‘nglim taskin topishi uchun qazo va qadar xaqida va sizlarga bayon qilgan narsalarim xaqida manga tushuntirish beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xato qizda emas. O‘zingiz bir ishni uddasidan chiqolmaydigan erkakligingizda. Odamlar g‘ayridinni islomga chaqirib, eng muttaqiy ayollar darajasiga ko‘tarilishiga sabachi bo‘lishmoqda. Qasam ichib aytaman dunyoni eng go‘zaliga uylansangiz ham ertasi kuni ko‘chaga chiqsangiz boshqa ayol ko‘zingizga undan chiroyli bo‘lib ko‘rinadi. Yoki xotiningizni qaysidir bir aybi ko‘zingizga ko‘rinishni boshlaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar