Tahoratda oyoqni xo‘l latta bilan yuvish
Assalomu alaykum! Odatda, ayniqsa ayollarimizga ish joylarida taxorat olish uchun yuz qo‘llarini yuvish mushkul bo‘lmasada, oyoqlarini yuvish qiynichilik tug‘diradi. Bunga xojatxonalarning ko‘p sonli ayollarga mo‘ljallanganligi (aloxida emas) va rakovinaga oyoqni chiqarib yuvish odobga va ularning ziynatiga to‘g‘ri kelmasligi sababdir. Shunday xolatlarda, taxorat olishda oyoqni suv bilan yaxshilab xo‘llangan latta bilan yuvish (yoki artish) mumkinmi? Oyoqni yuvish farz amalligini bilgan xolatda, uni yuvishning miqdori eng kamida qancha bo‘lishi kerak? Javobingiz uchun oldidan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning uchun oyoqni rakovinaga ko‘tarishga ham ho‘l lattani ishlatishga ham hech qanday hojat yo‘q. Bir obdasta yoki kichik bir idish kifoya qiladi. Hamma tahoratxonada suv ketadigan traplari bo‘ladi. Qolaversa ho‘l latta bilan artilsa farz ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar