Namozga qarshilik qilish

Assalomu alaykum! Alhamdulillah namoz boshlagamman, taqvim bo‘yicha o‘z voxtida namoz o‘qishka xarakat qilaman, 11 oyli farzandim bor. Erim namozini chetkasurib tur bolani kotta qivolili keyin voxti keganda o‘qisan didilar. Voxti keguncha tirik bo‘lamammi yo‘mi bilmimanku dedim. Xar safar nima bo‘sayam shu namozni gapiradilar. Bolaga qara deb kechqurun man kegandan keyin xamma namozini qazosini o‘qisan deydi. O‘zlariga gapirib xech namoz o‘qitomayamman. Qanaqa yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi? Bu xolatda erimmi gaplariga itoat qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz o‘zi Allohga itoatsizlik qilib, namozdan qaytarganiga itoat qilinmaydi. Namozingizga astoydil bo‘ling. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar