Taloqda ikkilanib qolish

Assalomu alaykum! Ustozlar, taloq deganimni tiniq eslolmayabman, tilim bilan aytdimmi, yoki xayolda aytdimmi, shuni 3 oydan beri o‘ylab yuribman. Goxida xa aytgan bo‘lishim kerak desam, goxida esa balkim xayolda aytgandurman degan fikrlar bilan yuribman. Balki shayton meni vasvas kilayotgandur deb o‘ylayman, aytingchi shayton birovni oilasini buzishga xarakat qiladimi? Meni shu xolatda xukmim qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taloq qo‘ydimmii yoki qo‘ymadimmi deb shak qilsa, taloq tushmaydi. (Ashboh vannazoir kitobidan). Taloqni tushdi deb hukm qilishning sharti er taloq qo‘ygan yoki qo‘ymaganligida shak qilmasligi kerak. Agar shakka tushsa taloq tushdi deb hukm qilinmaydi. (Badoe’ ussanoe’ kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:06 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar