Qarzni kechib yuborib keyin qaytarib olish

Assalomu alaykum! Bir inson boshqa bir insonga qarz bersayu oradan vaqt o‘tgandam keyin qarz olgan insonning oilaviy sharoitini tushunib yoki puli yo‘qligi sababli unga bergan qarzini kechib yubordim desa va keyinchalik yoq kechib yubormagandim berasan deb turib olsa Ikkala tarafning ham hukmi qanday boladi Nima qilinishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzdor kechganingni qabul qilmayman, qarzimni beraman desa kechilmagan hisoblanadi. Mayli kechgan bo‘lsang desa yoki kechdim deganda indamagan bo‘lsa haqdor olishi joiz emas. chunki u o‘sha vaqt kechganligining savobini olgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar