Namoz o‘qishni istaydilar ammo

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im namoz o‘qishni istaydilar ammo davlat ishida ishlaganlari sababli 5 mahal namozni barchasini o‘z vaqtida ado etolmaydilar. Ularga namozni boshlayvering Alloh o‘zi yordam beradi desam unamayaptilar. Namoz o‘qimagan kishining gunohi doimiy 3 mahal namozni qazo qiladigan kishining gunohidan kamroq deydilar. Bu qanchalik to‘g‘ri? Turmush o‘rtog‘im agar shu savolga ijobiy javob olsang inshaalloh ertadanoq namozni boshlayman dedilar. Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta to‘g‘ri. Bamdod va xuftonni jamoat bilan o‘qigan tunni uyqusiz ibodat bilan o‘tkazgan bilan barobar deyilgan. Qiyomatda bamdod va xuftonni o‘qimaganlik azobidan qutilib qoladi. 5 so‘m qarzi bor odam 2 so‘mini ado qilsa 3 so‘m qarzi qolishi bilan bir xil. Qolganini o‘qimasang o‘qiyotganingni ham o‘qimaslik kerak degan narsa bu tizzasigacha axlatga tushib qolgan kishini butunlay axlatga ko‘mib yuborish bilan bir xil. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 187 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar