Uch taloqmi yoki

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir sovol berdim jovobni to‘liq tushunmadim. 3 bora ketma-ket taloq qo‘ydim desa 1 taloq tushadimi yoki 3 taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uch taloq tushadi. Chunki er bir taloqni aytganida bir taloq tushib, ayol iddaga o‘tiradi. Hayz ko‘radigan ayollar uch hayz, homiladorlar homilasini tuqqunicha, hayzdan qolgan ayollar uch oy idda bo‘ladi. Iddadagi ayol bir jihatdan erning nikohida hisoblanadi. Idda chiqqunicha aytilgan 2-3-taloqlar tushadi. Ko‘pchilik tolibi ilmlar ayni shu masalada nikohdan keyin yaqinlik qilingan ayol bilan nikohlaniboq yolg‘iz qolmaslaridan taloq qilingan ayolning masalasini chalkashtirib qo‘yadilar. Yaqinlik qilingan ayol taloq qilingach iddaga o‘tiradi. Yaqinlik qilinmasidan oldin taloq qilingan ayol iddaga o‘tirmaydi. Chunki iddaga o‘tirishiga sabab topilmadi. وَلَوْ قال لها أَنْتِ طَالِقٌ طَالِقٌ أو أَنْتِ طَالِقٌ أَنْتِ طَالِقٌ أو قال قد طَلَّقْتُك قد طَلَّقْتُك أو قال أَنْتِ طَالِقٌ وقد طَلَّقْتُك تَقَعُ ثِنْتَانِ إذَا كانت الْمَرْأَةُ مَدْخُولًا بها Agar er xotiniga “Sen taloqsan, taloqsan desa yoki sen taloq bo‘luvchisan, taloq bo‘luvchisan, yoki seni taloq qilganman, seni taloq qilganman, yoki sen taloq bo‘luvchisan, seni taloq qilib bo‘lganman” desa, har bir aytganiga ikkitadan taloq tushadi. Qachonki ayol madxulun biha – ya’ni nikohdan so‘ng eri bilan yaqinlik qilgan ayol bo‘lsa. (nikohdan keyin alohida hilvati sahihada bo‘lib, yaqinlikdan man qiluvchi biror narsa bo‘lmasa ham bo‘lib-bo‘lib aytilgan 2-3-taloqlar tushadi). وَإِذَا طَلَّقَ رَجُلٌ امْرَأَتَهُ ثَلَاثًا قَبْلَ الدُّخُولِ بِهَا وَقَعْنَ عَلَيْهَا   ........ فَإِنْ فَرَّقَ الطَّلَاقَ بَانَتْ بِالْأُولَى وَلَمْ تَقَعْ الثَّانِيَةُ وَالثَّالِثَةُ Agar er ayolini nikohdan keyin yaqinlik qilishdan avval uch taloq qo‘ysa, ya’ni birdaniga uch taloqsan desa, uch taloq tushadi. Agar uch taloqni ajratib-ajratib “sen taloqsan, taloqsan, taloqsan” deb aytsa, birinchi taloq bilan erdan ajraydi, ikkinchi uchinchilar tushmaydi. (chunki nikohdan keyin yaqinlik qilinmasdan taloq qilingan ayol iddaga o‘tirmaydi). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:48 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar