A’uuzu billahi minash shaytonir rojiym ni aytsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyotganimda miyamga juda yomon shaytonning rasvo vasvasalari, har xil dunyo muammolari kelaveradi, shunda a’uuzu billah...ni aytaman(namozda shayton vasvas solganda a’uuzu ...ni aytsa bo‘ladi deb eshitgandim). Shu "a’uuzu...." ni vasvaslardan qutilish uchun namozni har joyida aytib yuborayapman. Masalan Fotiha surasini yarmiga etganimda shayton vasvas qilib qoladi va shunda "a’uuzu... " ni tezda aytvolib surani davom ettirib yakunlayman. Shunday qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday qilmang. Namozingiz buziladigan holatlarga ham to‘g‘ri kelib qoladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar