Biznesni rivojlantirish uchun olingan foizlik qarz
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda xorijiy kompaniyada ishlayman. Kompaniya boshliqi musulmon kishi. U kishi yaqinda bizinesini rivojnatirish uchun kam foizlik qarz olish masalasini muhokamaga qo‘ydi. Bu bank krediti bo‘lmay, kompaniya tuzilgan joyning hokimiyati dasturiga asosan o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan qarz ekan. Men u kishiga riboning sarqitini ham tark etishga chaqirilganligimizni aytib, savollar.islom.uz saytidagi shu vaqtgacha berilgan savollardan tegishli joylarini ko‘rsatdim. Lekin, topgan javoblar aksariyati savdo, oldi-sotdi, yoki bo‘lmasa nochor ahvoldagi shaxslarga foizlik qarz berishga tegishli ekan. Bizning holatda kompaniya nochor emas, qolaversa tuzilmoqchi bo‘lgan shartnoma oldi-sotdi yoki savdo shartnomasi emas. Lekin riboning belgilari mavjud, yani olingan pul, oz bulsada ma’lum muddatdan keyin kupaytirib qaytarilishi kerak. Ushbu holatda qanday yul tutgan yaxshi. Imkoni bulsa shundai holatlar batafsil tahlil etilgan biror maqola yoki kitobni tafsiya etsangiz. Alloh ajringizni kupaytirib bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustiga foiz qo‘shib qaytarish holati qaysi ishda bo‘lmasin ribo hisoblanadi. Qolaversa buni o‘rnini bosadigan imkoniyatlar ham juda ko‘p. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustiga foiz qo‘shib qaytarish holati qaysi ishda bo‘lmasin ribo hisoblanadi. Qolaversa buni o‘rnini bosadigan imkoniyatlar ham juda ko‘p. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat