G‘USL SUNNATI VA FARZI

ALHAMDU LILLAHI ROBBIL A‘LAMIYN, VASSOLATU VASSALAMU ALA NABIYYINA MUHAMMAD!ASSALAMU A‘LAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BARAKATUH!ALLOH diniga yordam berayotganlarga ajr, bizlarga amal qiladigan ilm bersin! Hurmatli Shayh hazratlari, sizga Londondagi birodarlardan hossatan o‘zimdan salomlar! Vaqt ajratib arzimagan savollarimizga javoblaringiz uchun tashakkur!Hasan Basriy: "odamlar dunyoga shunday sho‘ng‘idilarki 1 tilla tangani barmoqlari bilan o‘lchab aytib berishadi, lekin to‘g‘ri namoz o‘qishni bilishmaydi"(yoki shunga ma‘noda) deganlarida qanday ham to‘g‘ri aytgandilar!Savollar: 1) Men g‘usldan oldin tahorat, keyin echinib og‘izim va burnimni 3 marta yuvaman, to‘g‘rimi?2) Men maktabda(qizil diplomga baholarim etsa ham majburan pora berganman) va kollejda rus tili va fizikadan pora berganman (baho uchun) va hozir bundan afsusdaman, menga nasihat qilin iltimos!3) masihiylarning rojdestvo bayramiga atalgan bulochasini u kundan boshqa kunda bilib bilmay eb yurgan bo‘lsam bu ni emaganim ma‘qulmi(chunki ustida 2ta chiziq ila krest borakan)?ALLOH UMRINGIZGA BARAKA ILMINGIZGA ZIYODA QILSIN!ASSALAMU A‘LAYKUM!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Oldin echinib, og‘iz burunni chayib, so‘ng toharat qilinadi.2. Mazkur gunohga tavba qilish, nadomat chekish va qayta qilmaslikka azmu qaror qilish kerak.3. Ha, emagan ma’qul.

30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 169 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar