Qimmat kiyim olish hukmi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, fitr sadaqasi mavzusida bergan ma’lumotlaringiz ichida bir kichik ma’lumotga ko‘zim tushib qoldi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: "Uch sidra kiyim egasi boy hisoblanmaydi, chunki ulardan biri – uy kiyimi, ikkinchisi – yumushlar uchun, uchinchisi – juma va bayramlar uchundir. To‘rtinchi kiyim esa boylikdir". Bugun bozorlarimizda kiyimlar sifatiga qarab turli narxlarda. Mo‘min kishi shu uch xil kiyimni qimmat bo‘lsa ham, sifatlisidan olgani yaxshimi yoki arzonidan olganimi? Albatta, shariat talablariga to‘g‘ri keladiganini. Gap shundaki, qimmat turuvchi kiyim-boshlar uzoq chidaydi, arzon turuvchilari esa tezda yomonlashib, cho‘zilib, sifatsiz ko‘rinishga kelib qoladi. Qay birini tanlagan ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulamolarimiz yashash tarzini to‘rtga bo‘lganlar.
1). Rahoyish – kun kechirsa bo‘ladigan uyli, joyli kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan kifoyalanish, joiz.
2). Osoyish – imkoniyati bo‘lsa yuqorida zikr qilinganlarning har biridagi qulayliklardan foydalanish, joiz.
3). Zeboyish – yuqorida zikr qilinganlarni ko‘rganda ko‘z quvonadigan darajada bo‘lishi, joiz.
4). Namoyish – barchasida faxrni iroda qilish, joiz emas.
Qolaversa, insonga umr va boylik oxiratga zodirohilani ko‘paytirish uchun beriladi. Ularni arzimas, vaqtincha bo‘lib, keyin yo‘q bo‘ladigan narsalarga sarflash aqlli insonning ishi emas. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ أن النبي صلى الله عليه و سلم أمر عائشة أن تذبح شاة فقسمتها بين الجيران وكان أحب الشاة إلى رسول الله [ ص 121 ] صلى الله عليه و سلم الذراع فلما جاء رسول الله صلى الله عليه و سلم قالت عائشة ما بقي عندنا شيء إلا هذا الذراع فقال رسول الله صلى الله عليه و سلم كلها بقي إلا الذراع  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oishaga bir qo‘y so‘yishga buyurdilar. Oisha (uni so‘ydirib) qo‘shnilarga taqsimlab berdi. Qo‘ydan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng suyukli joiyi qo‘li bo‘lar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlarida Oisha : “Xuzurimizda qo‘yning shu qo‘lidan boshqa hech narsa qolmadi” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qo‘lidan boshqa hammasi(savobi zaxira bo‘lib) qolibdi” dedilar".  Vallohu a’lam!

4 May 2022, 05:51 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar