Do‘stlarimga imomlik qilish

Assalomu alaykum! Peshin namozida 4 rakat sunnat o‘qib bo‘lib, menga iqtido qilgan do‘stimga gapirsam bo‘ladimi? 2). Ko‘pincha do‘stlarim bilan namoz o‘qiganimizda bir kishi imom bo‘lishi kerak ekan. Men imom bo‘lsam o‘qishni bilmaydigan do‘stlarim bilan ovozimni chiqarib o‘qisam bo‘ladimi? O‘qishni biladigan do‘stlarim bilan ovozimni faqat Allohu Akbar, rukudan turishda chiqarsam bo‘ladimi iqtido qilayotgan do‘stlarim suralarni aytishi kerakmi yoki ichida aytsinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi.2). Iqtido qilganlar namoz o‘qishni bilmasalarda birinchi takbirni aytishib, qolganlarida sizga ergashishsa namozlari ado bo‘laveradi. Ta’lim uchun alohida ovoz chiqarib namozni niyat qilmay o‘qib ko‘rsatib berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 186 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar