Arzimagan sabab uchun oila buzilishi

Assalomu alaykum! 1. Ota ona o‘g‘lini ayolini arzimagan uydagi ishlarni qila olmagani uchun janjal qilib, o‘g‘liga ajrashasan yo xotiningni yoki bizni tanlaysan xotiningni tanlasang oq qilamiz desa bundan boshqa yo‘l yo‘q kelishishga ko‘nmasa ota-ona, shunda o‘g‘il oila buzilmasligi va bolasi etim qolmasligi uchun ajrashmasa ota onasu oq qilsa farzand oq bo‘ladimi, oila buzilishi ham yaxshi ish emasku? 2. A). Ota ona yoki Er namoz o‘qima desa farz namozini ham o‘qimaslik kerakmi? B). Ota ona soqol qo‘yishiga qarshilik qilsa, farzand soqol qo‘ysa, soqol qo‘ygani uchun ota onani ko‘ngli og‘risa farzand oq bo‘ladimi? 3). Aqida va Fiqh ilmini qaysi kitoblardan o‘rgangan yaxshi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Ota-ona bunday holatda o‘g‘liga ayolidan ajrashishga majbur qilishi joiz emas. Agar oq qilaman desa ham o‘tmaydi. Siz oilangizni saqlab qoling.2) Bunga na ota-onaning va na erning haqqi yo‘q. Namoz o‘qishni Alloh farz qilgan. Uni man qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Bunday kishilar Allohning azobidan qo‘rqsinlar. Soqol masalasida imkon boricha murosa yo‘lini tutsin. 3) Sunniy aqidalar, Kifoya va boshqa kitoblar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar