Qo‘shni ayolning noodatiy ishlari

Assalomu alaykum! Rus ayol bilan bir podezdda yashemiz, u yolg‘iz yashaydi. Salom aligimni qilman tansiqroq taom pishirsam chiqaraman lekin til bilmaganim uchun gaplashmiman. Shu ayol anchadan beri xar shanba kunlari eshigimizzi tagiga guruch sepib quyadi, aniqrog‘i o‘tgan shanba kuni eshik tirqichiga kamera qo‘ygandan keyin bildik u ekanligini. Xar gal Falaq, Nos suralarini o‘qib supirib qo‘yaveraman. So‘rasek bilmadim man qilmadim dedi. Menga maslaxat bering qanday yo‘l tutay kamerani ko‘rsatib urishaymi yo tinch yashayveraymi? Alxamdulillax bunday xurofotlarga ishonadigan oila emasmiz, uyimizda xamisha Qur’on o‘qiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tinch yashayvering. O‘sha ikki suralarni o‘qib supirib tashlayvering. Dinimizni eng go‘zal xulqlaridan biri tahmmalal azaa, ya’ni ozorlarga sabr qilish deyiladi. Rivoyat qilishlaricha, Sahl ibn Ubaydulloh Tustariyning zimmiy qo‘shnisi bo‘lib, uning hojatxonasidan Sahlning uyiga iflos-nopok narsalar sizib chiqar edi. Sahl har kuni uning tagiga bir idish qo‘yib qo‘yar, majusiyning hojatxonasidan chiqqan narsalar idishga to‘planar va kechqurun hech kim ko‘rmaydigan joyga olib borib tashlanar edilar. Sahl hazratlari uzoq muddat shu taxlit ish yuritdilar. Vafotlari yaqinlashgach, majusiy qo‘shnisini chorlab: «Mana bu uyga kirib, bu erda nima borligini ko‘rib qo‘y», dedilar. U kirib idishga tushayotgan iflos, nopok narsalarni ko‘rdi va: «Bu nima?» deb so‘radi. «Bu uzoq muddatdan beri hovlingdan mana shu uyga tushadi. Uni kunduzlari shu idishga to‘plab, kechalari olib chiqarib tashlar edim. Mabodo, ajalim yaqinlashib qolmaganida, buni senga aytmas edim. Boshqa biron kishining xulqi buni o‘ziga singdira olmasligidan qo‘rqdim. Endi xohlaganingni qil», dedilar. Shunda majusiy: «Ey shayx, men kofir bo‘lsam ham, uzoq vaqtdan beri menga shunday go‘zal munosabatda bo‘lib kelayotgan edingizmi?! Qo‘lingizni bering, men Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik beraman», deb musulmon bo‘ldi. Sahl roziyallohu anhu shundan so‘ng vafot etdilar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 06:37 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar