Pardoz

Assalomu alaykum! Uyda o‘tiraman, Alhamdulillah namoz o‘qiyman. Ertalab turib pardoz qilib olsam namoz vaqti kelganda tahorat olganimda xamma pardozmni o‘chirib tashlashim shartmi? Xozirgi zamonaviy kasmetikalar bor suv tegsa xam o‘chib ketmaydi qachonki sovunlab yuvilsa ketadi. Kipriklarimga tush surmasdan pardoz qilsam va tahorat olganda yuzimni yuvsam xamma joyga birdek suv tegsa, lekin pardozim o‘chmasa tahoratim xaqiqiy xisoblanadimi? Kipriklarimni tubigacha suv tegsa doim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosiysi yuzingizni terisiga suv tegishi. Agar pardoz bir qavat yupqa tselofan darajasida bo‘lsa yuzingizga suv tegmay qolgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 173 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar