Allohning dushmani deyish
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim bir kishini «kofir» yoki «Allohning dushmani» desa va u bunday bo‘lmasa, aytgani o‘ziga qaytib tushadi» (Muttafaqun alayh). Men hayit namoziga ukamning 13 yashar o‘g‘lini olib borgandim. Lekin u erda turgan xalq ta’limining mas’ul xodimi ukamni o‘g‘lini masjidga kiritmadi va hayit namozini o‘qishiga yo‘l qo‘ymadi. Shunda men jahlim chiqib "Sen Allohning dushmanisan" dedim. Men yuqoridagi hadisga tushamanmi? Iltimos javobni telegram kanali orqali tashlasangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh o‘zlarining tafsirlarida undaylar haqidagi oyatni quyidagicha tafsir qilganlar. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَاجِدَ اللّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَى فِي خَرَابِهَا أُوْلَئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَن يَدْخُلُوهَا إِلاَّ خَآئِفِينَ لهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ 114. Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni xarob qilishga sa’yharakat qilgan kimsadan ko‘ra zolimroq kim bor? Ana o‘shalar ularga faqat qo‘rqqan hollaridagina kirishlari kerak edi! Ularga dunyoda sharmandalik bordir va ularga oxiratda ulkan azob bordir.
Ushbu oyati karimaning ta’biriga ko‘ra, dunyoda masjidlarda Allohning ismi zikr qilinishini man etgan va masjidlarni buzishga harakat qilgan shaxslardan zolimroq odam yo‘q. Bu ulkan haqiqatdir.
«Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni xarob qilishga sa’yharakat qilgan kimsadan ko‘ra zolimroq kim bor?»
Kofir, dinsiz bo‘lishning o‘zi ulkan zulm. Ammo o‘zi kofir bo‘lgani etmagandek, boshqalarni masjidga kirib, ibodat qilishdan man etish undan ham katta zulm. Masjidlarni buzish, ularni xarob qilish zulm ustiga zulmdir.
Musulmonlar tarix davomida bunday cheksiz zulmu sitamlarni juda ko‘p tortdilar. Eng keyingi davrda xudosiz jallodlar dunyoda hech kim qilmagan gunohni qilib, kufr asosida davlat qurib, dinni «afyun» deb e’lon qilganlari etmagandek, butun xalqni, etti pushtidan tortib musulmon bo‘lib kelayotgan xalqni Allohning masjidlarida ibodat qilishdan to‘sdilar. Ibodat qilganlari, Allohning Kitobini o‘rganganlari uchun qiynab, o‘ldirdilar, quvg‘in qildilar, to‘lab bo‘lmaydigan soliqlar soldilar.
Mazkur xudosiz kofirlar o‘n minglab masjidlarni, oyati karima ta’biri bilan aytganda, «Allohning masjidlarini» buzdilar, xarob qildilar. «Xarob» so‘zi buzishdan ko‘ra umumiyroq ma’noni beradi. Masjidda namoz o‘qilmasligi ham uning xarob bo‘lganidir. Xudosiz kofirlar buzilmay qolgan masjidlarni shu yo‘l bilan xarob etdilar. Ibodatxonalarni omborlarga, turli kufr idoralariga, aroq sotadigan do‘konlarga, bosqinchi kofirlarning yashash joylariga, hatto cho‘chqaxonalarga aylantirdilar. Samarqand va Buxoroga o‘xshash qadimiy shaharlardagi masjidlar hojatxonalarga aylantirildi. Insoniyat o‘zining uzun tarixida ko‘pgina qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan, ammo bunga o‘xshash vahshiylikni ko‘rmagan!
O‘sha kofirlar, dinsizlar ham odam edilar, ular ham Xudoning bandasi edi. Ularning ham aqli bor edi.
«Ana o‘shalar ularga faqat qo‘rqqan hollaridagina kirishlari kerak edi!»
Tafakkur qilib o‘ylashlari, bandalikni bo‘yinlariga olib, odamlarni ibodatdan to‘sish o‘rniga o‘zlari ham ularga qo‘shilib ibodat qilishlari lozim edi. Masjidlarni buzib, xarob qilish o‘rniga ularga tavoze’ bilan, qo‘rqqan hollarida kirib, Allohning zikrini qilishlari kerak edi. Ular ham shu g‘oyada yaratilgan edilar. Ha, shunday bo‘lishi kerak edi. Ammo teskarisi bo‘ldi, ular o‘zlari ibodatga kirmaganlari etmagandek, sof iymonli mo‘min-musulmonlarning o‘z Robblariga ibodat qilishlarini ham ko‘ra olmadilar. Mo‘minlarni Allohning ibodatidan man etib, shaytonning ibodatiga majbur qildilar.
Kofirlar mo‘min-musulmonlarning o‘z mablag‘lari, mehnatlari, hunarlari bilan Alloh uchun qurgan masjidlarini buzib, omborxona, aroqxona, buzuqxona va boshqa «xona»larga aylantirdilar. Shunday ishlarni qilib, endi hech narsa bo‘lmaganday, ketaveradilarmi?! Yo‘q! Alloh taolo ushbu oyatning o‘zida ularning oqibati nima bo‘lishini aytib qo‘ygan:
«Ularga dunyoda sharmandalik bordir va ularga oxiratda ulkan azob bordir».
Ulug‘ Allohning so‘zi rostdir. Darhaqiqat, tarix guvohdirki, masjidlarni buzganlar, odamlarni ibodatdan man qilganlar bu dunyoda ham halovat topmaganlar, nihoyat, xor bo‘lib o‘lganlar. Undaylarni yaqin o‘tmishimizdan kishilar nomma-nom bilishadi. Holbuki, bu dunyodagi qiyinchiliklar qiyomatda tortadigan azoblar oldida hech narsa emas. Kofirlar doimo qo‘llaridan kelgan yomonliklarni qilaveradilar. Ular odamlarni masjidlarda Allohning ismini zikr qilishdan qaytarib, Allohning masjidlarini xarob etishga harakat qilishadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar