Bu ham folbinlikmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, biz tarafda Hajga borib kelgan bir hoji inson bor. Uning huzuriga ko‘pchilik borib turadi. Unga og‘ir dardlariga shifo topolmaganlar, befarzandlar, ishi yurishmayotganlar va shu kabilar boradi. U xonasiga odamlar kirganda so‘rar ekan nima muammo deb. Uning oldiga borganlar o‘zlaridagi muammolarni aytisharkan. U hammani eshitib bo‘lgandan so‘ng Qur’ondan uzun surani (borganlar Yosin surasi bo‘lsa kerak diyishadi) tilovat qilarkan. So‘ngra qog‘ozga arabcha so‘zlarni yozib buni eringizni yostig‘i tagiga qo‘yasiz, bunisini yoqib yuborasz, bunisini choyga solib ichasiz va shunga o‘xshash gaplarni aytar ekan. Odamlar o‘zlari bilan quruq choy, tuz kabilarni olib borishar ekan. U o‘qiyotgan paytda tuz, quruq choylarning usti ochiq holda bo‘larkan. O‘qib bo‘lgach hamma o‘zining olib kelganini uyiga olib ketarkan(tuz va quruq choyga dam solindi degan ma’noda). Ustozlar, bu ham folbinlik shundaymi? Bunaqa ishlarni qilish aslo joiz emas. Fikrim to‘g‘rimi? Uning huzuriga borganlar Payg‘ambarimiz alayhissalom aytganlaridek ularga tushirilgan Qur’oni Karimga kufr keltirib qo‘yishmaydimi? Ular tavba qilishlarimi shart shundaymi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Uni nimalarni yozishini bir ko‘rish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:57 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Uni nimalarni yozishini bir ko‘rish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:57 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar