Imomning taxorati buzilganda

Assalomu alaykum! Ko‘pincha men va ota-onam billa jamoat bo‘lib namoz o‘qiymiz va mening qiroatim va ozroq tajvid ilmim bo‘lganligi uchun ularga men imomlik qilaman. Namozda imomlik qilgan paytlarimda hayajon bosadi va namozdan keyn ichki kiymimni tekshirganimda maziy yoki shunga o‘xshash namlik bo‘lardi. Ota-onamning ham namozligi durust bo‘lmadi, ularga qanday qilib aytishni bilmayamman. To‘g‘risi etishga uyalvomman. O‘zimda ishonch yo‘qolib qolgan. Bir kun kelib 4-5 yoki undan ko‘p kishi bo‘lgan jamoatga imomlik qilganimda ham shu xolat takrorlanishidan qo‘rqib qoldim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyalmasdan tahoratim yo‘q ekan deb aytilaveradi. Tafsilotini aytish shart emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 151 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar