Kifoya kitobi haqida

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokotuh.Hurmatli Shayx Xazratlari Allohimga Siz bilan bir davrda yashashimizni nasib etgani uchun O‘ziga, o‘zining buyukligicha hamdu sanolar va bergan nozu-ne‘matlarining bitmas-tuganmasligicha shukronalar aytish barobarida Sizday ustozimizga ikki dunyo saodatini, ummon zarrasicha sabr-bardosh, xayrli ishlaringizga fayzu-barokat tilab Sizga savol yo‘llashga jur‘at etayapmiz: Savolim malol kelsa oldindan uzr so‘rayman.Sizning muallifligingizda 2008 yilda chop etilgan "Kifoya" (sharhi muhtasari viqoya) kitobingizni o‘qishga musharraf bo‘ldim Allohga shukur!Ushbu kitobning 1-juz‘ida "Namoz kitobi"ni "Namoz shartlari" bo‘limida "Kiyimning pok bo‘lish shartligiga dalil" deb boshlangan izohda 234-sahifada "Boshqa kiyim bo‘lmay, to‘rtdan biri pok bo‘lganida namoz o‘qish joiz. Undan ozi pok bo‘lsa, yalang‘och o‘qigani joiz" deyilgan.Lekin 242-sahifada: "Kiyimning to‘rtdan biri pok bo‘lgan kiyimda yalang‘och holda namoz o‘qish joiz emas" chunki bu holda "to‘rtdan bir" zarurat yuzasidan "to‘liq"ning o‘rniga o‘tadi."Undan ozi pok bo‘lgan kiyimda o‘qish afzal". Ya‘ni, kiyimning to‘rtdan biridan ozi pok bo‘lganda yalang‘ochdan ko‘ra o‘sha kiyimda namoz o‘qigan afzal deyilgan. Balki men to‘gri tushuna olmagandirman, qo‘shimcha izohingizga muhtojman. Rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa kiyim bo‘lmay, to‘rtdan biri pok bo‘lganida namoz o‘qish joiz. Undan ozi pok bo‘lsa, yolong‘och o‘qigani joiz.- Kiyimining to‘rtdan biri pok bo‘lgan kishining yalong‘och holda namoz o‘qishi joiz emas. Undan ozi pok bo‘lganda yalong‘och o‘qish afzal. - Menimcha, shu iboralarning sharhida so‘zlarning o‘rni almashib qolgan o‘xshaydi.

4 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar