Sodir bo‘lganmi?

Assalomu alaykum! 1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Musulmonlar bilan yahudiylar urushmaguncha Qiyomat qoim bo‘lmaydi. O‘shanda yahudiylar tosh va daraxtlar orasiga yashirinib oladi. Tosh va daraxtlar tilga kirib: "ey Musulmon, mana orqamda yahudiy turibdi, kelib uni o‘ldirgin", deydi. Faqat "G‘arqad" nomli daraxt chaqirmaydi. Chunki u yahudiylarning daraxtlaridir", dedilar. Muttafaqun alayh. Ushbu hadisda aytilgan urush tarixda bo‘lib o‘tganmi yoki kelajakda sodir bo‘lishi kutilmoqdami? 2. Yana u kishidan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "(Iroqdagi) Furot daryosi ostidan tilla tog‘ topilib, uni deb odamlar urushmaguncha Qiyomat qoim bo‘lmaydi. Va har yuztadan to‘qson to‘qqiztalari halok bo‘lishadi. Ularning har birlari: "koshki men unga ergashsam", deb umid qiladi", dedilar. Muttafaqun alayh. Ushbu hadisda aytilgan tog‘ topilganmi? Ushbu hadislarni Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy qalamiga mansub Ziyozus Solihiyn kitobidan o‘qidim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Endlikda bo‘ladi. 2). Endilikda topiladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar