Ikkidan bir shoxid makomida emasmi?
muftiy xazratlari. Savolimga kidiruv xizmatidan izlab javob topaolmadim. Bir birodarim LG firmasini dilleri, ya’ni LG firmasining tovarini sotadi. Iste’mol kred-lar paydo bulganidan keyin, savdosi ancha susaydi. Soliklar, joy arendasi, bank xizmatlari va boshka xarajatlari kup. Uzi xam iste’mol kred-ti yulga kuymasa bankrot xolatiga kelishi xavfi bor. Iste’mol kred-tida, bonka, tovar sotuvchi tadbirkorga uz xisob rakamidan pul utkazib beradi va mijoziga magazindan uy anjomi sotib olib beradi, xamda kred-t kaytarilishi nazoratini uz zimmasiga oladi. Bonka bilan tadbirkor urtasida shartnoma tuziladi. Kiskacha kilib mazmunini aytganda, bank pulni tulik tushirib berish, tadbirkor esa 5 ish kuni ichida tovarni etkazib berish majburiyatilarini oladilar. Tovar sotuvchi tadbirkor, bonka utkazgan pul xisobiga, bonka mijoziga, tovar etkazib berish bilan kifoyalanadi. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ....xo‘rni, uning ediruvchisini, kotibini va ikki shohidini la’natladilar va ular barobardilar», dedilar». Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan. Bu xolatda shoxid bulib kolmayaptimi? Sizdan fisabilullox maslaxat surashni iltimos kildi. Savolim fitna bulsa javob bermang, uzim tushunib kolaman. Uzbek musulmonlari baxtiga sog-omon buling. Alloxim yomon kuzlardan asrasin. Robbim uziga yakin kilsin. Islom dini diyorimizda erkin rivojlanishiga Podshoximizga raxmat. Robbana atina fit dunya xasanatan va fil oxirati xasanatan vokina azabannar biroxmatikaya arxamarroximin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bankning nima ish qilishini men ham bilaman. Siz faqat bir xil bank bo‘ladi deb yurasiz shekilli. Lekin siz bilmagan, men bilgan banklar muzoraba, murbaha va boshqa ishlarni ham bajaradi. Men o‘shalarni aytganman. Tadbirkorning ishi shariatga to‘g‘ri kelishi kerak. Bank unga pulni qay tarzda va qanday shartlar bilan o‘tkazib berishiga bog‘liq.
4 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat