Ochiq gunoh qilish
Assalomu alaykum wr wb Hurmatli Ustoz! Sizga bir muhim masala yuzasidan savol bemoqchi edim. Biz chet elda ishlaymiz. Sheriklarimizning barchasi ibodatli kishilar alhamdilillah... Lekin bir birodarimiz biz bilan ibodatdayu, Allohni zikr qilsak, kayfiyati buziladi. Mana bir yildan oshdiki, sigeretni tashlamayapti... O‘tgan yili sigeretni bir ikki oy chekmasdan ro‘za tutgan edi, bu yil esa ikkisini ham qilmadi. Albatta uni doim amru ma‘ruf va nahiy munkar qilib ogoh etamiz... U esa bizdan norozi...Yaxshi so‘z bilan ham yomon so‘z bilan ham ogoh etdik. Namozga gunoh bilan kirib,(ya‘ni sigeret chekib keyin namozga kiradi) yana tugatishi bilanoq o‘sha mashuqasini og‘ziga solib oladi... Men esa uni juda qattiq ogoh etaman Alloh azobidan... Uni Alloh uchun o‘zimga dushman deb bilib, sigeretni tashlamagunizcha siz bilan gaplashmayman desam menga gunoh bo‘lmaydimi? Chunki ochiq gunohdan tiyila olmagan kishini ko‘rib jim tura olmayman Ustoz! Maslahatizga muhtojman Ustoz, Alloh sizdan va qilayotgan xizmatlarizdan rozi bo‘lsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mayli, aytib ko‘ring. Shoyad foyda bersa.
4 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mayli, aytib ko‘ring. Shoyad foyda bersa.
4 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom