Eslay olmagan shirk ishlar haqida
Assalomu alaykum! Yoshlikda ko‘zmunchoq taqib yurgan paytlarimiz bo‘lgan ekan, shu ishni qilganligim esimga tushdi va darro‘v tavba qilib oldim. Yana oradan vaqt o‘tdi. Bir kuni yana yoshlik paytlarim esimga tushib qoldi va yoshligimda sumalak pishirilgan paytlarda qozonning tepasiga kelib, sumalakni kavlab turli xil niyatlar qilib sumalakdan so‘raganim esimga tushdi. Tezda bu qilgan ishimga tavba qildim. Savolim shundan iboratki: Agar kishi bir shirk keltirgan bo‘lsa va unga tavba qilsa Alloh tavbasini qabul qilar ekan. Ammo shirk keltirgan inson qilgan gunohlarini eslolmasa unda nima qilish kerak? Masalan, oldinlari qandaydur shirk keltirgan bo‘lsa va bu qilgan shirk ishlarini eslay olmasa yoki esdan chiqgan bo‘lsa nima qilish kerak? Umumiy hamma bilmay qilgan shirklari uchun bitta qilib tavba qiladimi yoki boshqacha yo‘l tutadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi u vaqtlarni qo‘ying. O‘ylamang ham boshqa muhim narsalar bilan shug‘ullaning. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi u vaqtlarni qo‘ying. O‘ylamang ham boshqa muhim narsalar bilan shug‘ullaning. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya