ZoodMall ilovasida bo‘lib to‘lash shartlarida o‘zgarish
Assalaamu alaykum! ZoodMall ilovasida bo‘lib to‘lash shartlari o‘zgaribdi, ya’ni jarima yo‘q ekan endilikda, shu shartlar asosida bo‘lib to‘lashga olish jozimi? Quyida shartlarni keltiraman. Muddatli to‘lov shartlari quydagilar: 1. Belgilangan mahsulot tanlangandan so‘ng, birinchi to‘lov darhol amalga oshiriladi 2. Ikkinchi to‘lov 30chi kun kartangizdan echib olinadi 3. Uchinchi to‘lov 60chi kun kartangizdan echib olinadi 4. To‘rtinchi to‘lov 90chi kun kartangizdan echib olinadi 5. Siz bo‘lib to‘lash xizmatiga faqatgina narxi sariq rang bilan belgilangan mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin. 6. Siz birinchi marta bitta yoki bir nechta mahsulotni 150000 so‘mdan 4 000 000 so‘mgacha tanlab bo‘lib to‘lash xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Birinchi buyurtmangizni to‘lab bo‘lganingizdan so‘ng, shaxsiy ma’lumotlaringizdan kelib chiqqan holda limitingiz kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. 7. To‘lov mahsulot etkazib berish xizmatiga bog‘liq emas, to‘lov odatiy holda echib olinadi. 8. Siz Uzsard va Humo plastik kartalaridan foydalanishingiz mumkin. Plastik kartangiz-oylik tushadigan karta bo‘lib, 3 oy davomida faol bo‘lishi kerak. 9. To‘lovi echilish jarayonlarida kartangizda etarli mablag‘ bo‘lishi shart. 10. Agar mahsulotingizda kamchiliklar aniqlansa, to‘lov kartangizga qaytarib beriladi. 11. Hozirda siz bitta faol buyurmta berishingiz mumkin, buyurtmangiz to‘lovi to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, qayta buyurtma berishingiz mumkin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularning o‘zi bilan bog‘lanib, aniqlashtirib oling. To‘lov kechchikani uchun jarima bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularning o‘zi bilan bog‘lanib, aniqlashtirib oling. To‘lov kechchikani uchun jarima bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat