Oilaviy ahvol
Assalomu aleykum. 1)Aroq yoki spirtli ichimliklar xarom va ularni ichmasdan olib kelib berish yoki ichadiganlarga sharoit yaratib berish va vositachi bo‘lish xam ichadiganlarga sherik bo‘lish degani ekanligini ham bilaman. Ular bilan o‘tirish ham joiz emas. Lekin spirtli ichimlik olib kelishni dadasi buyursachi? Otani rozi qilish eerae, uni xizmatida bo‘lishi kerak lekin Alloh xarom qilgan narsani olib kklishni buyursachi qanday yo‘l tutay? 2)Va yana opam bizga yaqinda yashaydilar ko‘p hollarda pochchat biznikiga pivo yoki aroq bilan kirib eeladilar va dadam bilan o‘tirib ichishadi bu holatda ularni koyishni boshlasam opam meni aralashma deb to‘htatadilar, oilada eng kichigi bo‘lganim uchun va o‘rtada qarindosh urug‘chilik buzilmasligi uchun ular bilan ko‘p talashmayman. Ovqatni esa tez eb turib ketaman.Ular bilan birga o‘tiraymi yoki ketishini kutishim to‘g‘riroq bo‘ladimi? Lekin dadam o‘zlari bilan bir vaqtda jam bo‘lib o‘tirishni hoxlaydilar. 3)Keyingi savolim dadamni namozga chiqishga, xech bo‘lmasa jumaga chiqishga majburlab ko‘rdim foydasi bo‘lmayapti ularga dindan gap ochsam eshitishni hoxlamaydilar, duolarimda ularga xidoyat berishini so‘rayman Allohdan. Bahonalari yodlay olmayman, uquvim yo‘q deb aytaveradilar. Meni ketimdan takrorlang, nimani bilsangiz shuni aytib desam xech nimani bilmasdan takrorlayveramanmi deydilar. U besam bu, bu desam u deb harakat ham qilmaydilar. Shunga bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. 4)Xaqni bila turib jim turgan, yashirgan odam, oxirat og‘zi yopilgan holatda shayton qatorida turadi, deb eshitdim. Otam arzimagan narsalarga yolg‘on gapirishga odatlvnib qolganlar. Misol uchun yangi biror narsa oldilar u narsa 1000 so‘m turadi. Shu gapni boshqa bir tanishmi yoki qarindosh bilan suhbatda 1500 deb aytsalar, men ularning gaplariga aralashib yo‘q unday emas bunday deb aytishim joizmi? Otamni u kishi oldida yolg‘on gapirganlarini aytib otamni xidolatli ahvolga solib ko‘yamanku. Faqat bunday emas balki telefon orqali xozir kelib qoldim ko‘cha boshidaman desalar aslida xali ko‘chadar ancha olisda yoki yo‘lga ham chiqmagan bo‘lsalar ham. Lu gaplariga ham yolg‘on aralashtirib qoyadilar. Bu xolatda xaq xar qanday holatda aytishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shoshilmang. O‘zingiz mustahkam namozxon bo‘ling, ilm o‘rganing, oilada sizni gapingiz o‘tadigan yoshga eting. Ungacha sabr qiling va duo qiling. Ota-onangizni ustidan hukm chiqarmang. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shoshilmang. O‘zingiz mustahkam namozxon bo‘ling, ilm o‘rganing, oilada sizni gapingiz o‘tadigan yoshga eting. Ungacha sabr qiling va duo qiling. Ota-onangizni ustidan hukm chiqarmang. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush