Nima uchun

Hurmatli shayx janoblari. Men bir narsaga tushunmadim. Islom dinida yaxshi niyat bilan qilingan ijtihodga agar to‘g‘ri topsa 2 ta adashsa 1 ta ajr bo‘ladi deb eshitgandim. Keyin Alloh rizoligi yo‘lida olim bo‘lgan insonlarni hurmat qilish kerak edi. Nima uchun shayx Alboniyni bunchalar past so‘zlar bilan haqorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Shunchaki adashgan- deyilsa bo‘lmaydimi (agar adashgan bo‘lsa)?! Bunday so‘zlarni gapirish judayam odobsizlikku axir! Bu kabi so‘zlar ochiq tarzdagi munofiqlargagina ishlatiladi islomdagi birodarga emasku, tag‘in olim insonga.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunga O‘sha kishining o‘zi va unga ergashganlikni da’vo qilayotganlar sabab bo‘lsalar kerak. Chunki ular ahli sunna va jamoa mazhabiga mansub fiqhiy mazhablarni ehtirom qilib, ularga ergashganlarni siz aytgandan ming marta yomon gaplar bilan so‘kishadi.

4 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 139 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar