Er-hotin o‘rtasida ham ribo bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men erimning mablag‘laridan orttirib pul yig‘ib qo‘yaman(o‘zlari rozi bo‘lganlar) va o‘zimga,bolalarimga ishlataman. Yoki kezi kelganda pullari tugab qolsa o‘sha puldan beraman. Ba’zi vaqtlarda pulni berayotib xazillashib: men sizga 50ming berdim siz menga 60ming qilib qaytarisiz deyman. Va qo‘llariga pul tushganida biror xarajatimga pul so‘rasam o‘shanda aytganimday ustiga pul qo‘shib ko‘paytirib beradilar(albatta o‘zlari og‘rinmay rozi bo‘lib). Keragini ishlatib qolganini yana yig‘ib qo‘yardim. Keyinchalik qarz, ribo masalasida o‘qib o‘rganganimdan keyin meni bu qilgan ishlarim ham riboga kirib qoldimikan deb o‘ylab qoldim. Oilada er xotin o‘rtasida xam ribo bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu riboga kiradi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar