Alohida yotish

Assalomu alaykum! Er ayolidan to‘shagini alohida qilishi mumkinmi? Qay holatlarda va qancha muddatga? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ما حق المرأة على الزوج ؟ قال : يطعمها إذا طعم ، ويكسوها إذا اكتسى ، ولا يضرب الوجه ، ولا يقبح ، ولا يهجر إلا في البيت Hakim ibn Muoviya otasidan rivoyat qiladi : Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan “Ayol kishini erning zimmasidagi haqqi nimadan iborat” deb so‘raldi. U zot : “Er taom eganda ayolini ham taomlantiradi, kiyim kiyganida ayoliga ham kiydiradi, ayolini yuziga urmaydi, qabeh so‘zlar bilan haqoratlamaydi, uydan boshqa joyga chiqib ketmaydi, joyini alohida qilsa ham bir uyning ichida qiladi” dedilar. Yana bir hadislarida : “Uch kundan ortiq tark qilish yo‘q” dedilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 16:54 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar