Ota - onaga tushuntirish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Allohga hamdu sanolar bo‘lsin namozni boshladim dinni o‘rganyapman. Oiladagi bazi vaziyatda ota-onamga shariatga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni aytsam gunoh ekanligini tushuntirishga harakat qilyapman. Lekin hafa bo‘lib jaxli chiqib mendan norozi bo‘lib meni qarg‘aydi. Ota-onamga oq bo‘lib qoldimmikan deb o‘ylayman. Ota-onamni ham Allohni tanishini hoxlayman ular ham to‘g‘ri yurishini istayman, ba’zan ularni yana ranjitmayin deb indamayman, chiroyli muomilada bo‘lib tushuntirishga harakat qilaman. Ularga ortiqcha gapirmaslikka harakat qilaman din haqida gapiraman. Yana ham chiroyli muomilada bo‘lib tushuntirish uchun nima qilishim kerak, qaysi kitoblarni o‘qishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zimmangizda etkazish vazifasigina bor, majburlash emas. Etkazsangiz va u ishlarga qalban norozi bo‘lsangiz oxiratda ham qolganiga javobgar bo‘lmaysiz. Otangizga qabul qilsalar gapiring qabul qilmasa duo qilish yo‘liga o‘ting.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. Ota-ona bilan baxslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham baxslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan jadval bo‘yicha kitoblarni o‘qing. https://islom.uz/maqola/2671
4 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush